← Back to list

Adolatli qaror

Marzuki nomli Indoneziyalik hakam keksa bir ayolning ustidan qo’zg’atilgan ishini sud jarayonida ko’rib chiqayapti. Ayol plantatsiyadan…

Farkhod Dadajanov · 2024-09-26 06:47 · 32 claps · 1.1 min read
#adolat #hakam #marzuki #sud #indoneziya
Open on Medium ↗

Adolatli qaror

Marzuki nomli Indoneziyalik hakam keksa bir ayolning ustidan qo’zg’atilgan ishini sud jarayonida ko’rib chiqyapti. Ayol plantatsiyadan ozgina tapioka (kartoshkaga o’xshash meva) o’g’irlaganlikda ayblandi. Ayol o’z aybini tan oldi, qilgan ishidan afsusda ekanligini aytib, o’g’rilikning sababi sifatida uning nabirasi anchadan beri qorni och qolganini o’g’li esa og’ir kasalga chalinganligi sabab bir muddat ishlab pul topa olmayatganligini aytadi.

Plantatsiya boshqaruvchisi o’z navbatida, bu ayolga baribir jazo berilishi kerakligini talab qilib, bu hukum boshqalarga o’rnak bo’lishini aytadi. Hakam hujjatlarni ko’rib chiqib, keksa ayolga qarab, “Meni kechirasiz, qonunni buza olmayman va qonunga ko’ra siz jazolanishingiz kerak,” dedi. Keksa ayolga 1 million indoneziya rupiyasi miqdorida jarima belgilandi va agar u jarimani to’lay olmasa, qonunga muvofiq ikki yarim yil qamoqda o’tirishi kerak bo’ladi. Shunda keksa ayol jarimani to’lay olmasligi sababli ho’ngrab yig’lab yubordi. Hakam Marzuki bosh kiyimini yechdi va unga 1 million indoneziya rupiyasini solib, “Adolat nomi bilan, boquvchisiz qolgan bolaning qorni och qolishiga, shu sababli shahar axolisi bu ayolning o’g’rilik qilishga majbur bo’lganinga yo’l qo’yib berganligi sababli shu sudda o’trigan hammani, 50,000 indoneziya rupiyasi miqdorida jarimaga tortaman. Sud hodimi shu yerda o’rigan hammadan hoziroq jarimalarni to’plab oladi,” dedi. Shunda jami 3,5 million indoneziya rupiyasi miqdorida pul to’plandi, va jarima plantatsiya egasiga to’langandan so’ng, pulning qolgan qismini keksa ayolga berildi. Agar biror kishi och bo’lsa, u nochorlikdan o’g’rilik qilgani uchun jazolanishi kerak emas, chunki bunday kishilarga g’amxo’rlik qilish jamiyatning burchi. Yuqorida o’sha keksa ayolning haqiqiy surati joylangan.

Maqola ushbu havola asosida O’zbek tiliga tarjima qilindi


메타데이터
post_id
0ebf5fc3d4c9
slug
adolatli-qaror-0ebf5fc3d4c9
url
https://medium.com/@dfarkhod/adolatli-qaror-0ebf5fc3d4c9
canonical_url
https://medium.com/@dfarkhod/adolatli-qaror-0ebf5fc3d4c9
author_url
https://medium.com/@dfarkhod
status
ok
fetched_at
2026-07-22 13:10:46