← Back to list

Ko’zgu

Agar birodaringizda kamchilik topsangiz, siz ko’rgan o’sha kamchilik aslida o’zingizni ichingizda. Bu huddi siz o’z aksingizni oynada…

Farkhod Dadajanov · 2024-11-22 13:16 · 14 claps · 1.2 min read
#musulmon #oyna #qalb #kamchilik
Open on Medium ↗

Ko’zgu

Agar birodaringizda kamchilik topsangiz, siz ko’rgan o’sha kamchilik aslida o’zingizni ichingizda. Bu huddi siz o’z aksingizni oynada ko’rganingizdek gap, zero “mo’min mo’minning ko’zgusidir”. O’zingizdagi o’sha kamchiliklardan halos bo’ling, chunki birodaringizdagi sizni bezovta qilayotgan narsa aslida o’zingizda.

Fil suv ichish uchun quduqqa boribdi. Suvda o’z aksini ko’rgach fil quduqdan o’zini chetga oldi. U boshqa filni ko’rdim deb o’ylagan edi. Fil aslida o’z aksidan o’zini chetga olganligini bilmadi.

Barcha qalb kasalliklari — zulm, nafrat, xasad, ochko’zlik, shafqatsizlik, kibr — ichimizda bo’lganida ular bizga og’riq bermaydi. Qachonki biz ularni boshqa birovda ko’rganimizda, o’zimizni chetga olamiz va bu holat bizga og’riq beradi. Biz o’z badanimizdagi yaradan jirkanmaymiz. Iflos qo’limizni ovqatga botirib barmoqlarimizni umuman jirkanmasdan yalaymiz. Ammo qachonki birovning qo’lida kichkina yara ko’rsak uning ovqatini yeyishdan bosh tortamiz. Qalb kasalliklari xuddi yaraga o’xshaydi; ular o’z ichimizda bo’lganida bizga og’riqqa sabab bo’lmaydi, lekin boshqa birovda oz miqdorda ko’rganimizda undan og’rinamiz va jirkanamiz.

Xuddi o’z birodaringizdan o’zingizni chetga olganingiz kabi, siz ham ularni sizdan o’zlarini chetga olishlarini kechirishingiz kerak. Siz sezayotgan og’riq o’sha nuqsonlaringiz sababli keladi, ular ham xuddi o’sha nuqsonlarni ko’radi. Haqni izlovchi o’z qo’snilariga oynadir. Ammo haqiqat og’rig’ini sezmaydiganlar esa o’zlaridan boshqaga oyna emasdir.

Maqola Jaloliddin Rumiyning, Rumiyning nutqlari (Discourses Of Rumi) Fihi Ma Fihi kitobidan O’zbek tiliga tarjima qilindi.


메타데이터
post_id
1c230ec7bfdf
slug
momin-mo-minning-ko-zgusidir-1c230ec7bfdf
url
https://medium.com/@dfarkhod/momin-mo-minning-ko-zgusidir-1c230ec7bfdf
canonical_url
https://medium.com/@dfarkhod/momin-mo-minning-ko-zgusidir-1c230ec7bfdf
author_url
https://medium.com/@dfarkhod
status
ok
fetched_at
2026-06-27 07:40:21