← Back to list

Hech qachon daromadingizni oshkor qilmang.

Shu paytgacha tanishlarim daromadimni so’raganlarida rostini aytib ketaverganman, lekin buni xato deb o’ylayman.

Samandar · 2026-01-11 19:47 · 0 claps · 0.9 min read
#oylik #daromad #sir #uzbekistan #uzbek
Open on Medium ↗
Wiki topics: RAG · RAG & Retrieval

Hech qachon daromadingizni oshkor qilmang.

Shu paytgacha tanishlarim daromadimni so’raganlarida rostini aytib ketaverganman, lekin buni xato deb o’ylayman.

Bu haqida avval ham aytganman. (https://t.me/nice_blog/1159) Odamda puli ko’paysa uni atrofidagilar ko’proq o’zgarishni boshlaydi, agar sizda oshiqcha pul borligini bilsa bormi unga egalik qilishga urunadi. Kamida “Senda pul ko’payib odamni mensimay qolding”ga o’xshash nafsoniyatga tegadigan gaplar qila boshlaydi. Yoki aksincha — “Bu oylikka qanday qilib yashab yuribsan?” Shunday ekan, keyingi safar sizdan daromadingizni so’rashganida bu shunchaki sir deb qo’ya qoling.

Eng qizig’i hamma sizning daromadingizga qiziqaveradi, va unga siz undan ko’p pul topyotganingiz yoqmaydi, vaholanki u rostan ham sizdan aqlliroq va o’sha pulga loyiq deb o’ylaydi o’zini. Lekin bu yo’ldagi, va xatto xozirgi chiqimlaringizga ham qiziqmaydi. Doim daromad ko’p bo’lsa demak yoki oldin chiqim ko’p bo’lgan yoki xozir, yoki keyin. Chiqimlardan qochmang.

Tanganing ikkinchi tarafi ham bor, ayrim odamlar daromadini boshqalardan yashirib, ota-onasidan pul oladi. Nazarimda bu yanada katta xato, iloji boricha qarz olishdan, ota-onangiz, qarindoshlaringiz, turmush o’rtog’ingizdan ehson olishni bas qilishingiz kerak. Shunday ekan xoziroq o’rningizdan turingda hamma qarzlaringizni yopib yuboring))

Oylikni sir saqlab siz o’zingizdan ko’p oylik oladigan va kam oylik oladigan bilan teng level(darajada) gaplasha olasiz.

Sizchi, xozirgi oylik daromadingiz qancha?))


메타데이터
post_id
4cb1787bf54f
slug
hech-qachon-daromadingizni-oshkor-qilmang-4cb1787bf54f
url
https://medium.com/@ALSamandar/hech-qachon-daromadingizni-oshkor-qilmang-4cb1787bf54f
canonical_url
https://medium.com/@ALSamandar/hech-qachon-daromadingizni-oshkor-qilmang-4cb1787bf54f
author_url
https://medium.com/@ALSamandar
status
ok
fetched_at
2026-07-13 12:20:31