Teshik chelak
Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim o’tgan zamonda bir dehqonning ikkita chelagi bo’lgan ekan.
Teshik chelak
Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim o’tgan zamonda bir dehqonning ikkita chelagi bo’lgan ekan.

Dehqon har kuni o’sha chelaklarda uyiga suv olib kelar ekan.

Chelaklarning birida teshik joyi bo’lib, undan suv oqib ketar ekan. Ikkinchi chelak esa but-butun ekan. Undan biron tomchi ham suv oqmas ekan.

Vaqt o’tib teshigi bor chelak o’zidagi teshik sababli oqib ketayotgan suvni o’ylab o’z-o’zidan hafa bo’libdi va bu haqida dehqonga aytibdi.

Dehqon chelakning so’zlarini eshitib, u bilan bir sayr qilib kelishni taklif qilibdi.

Ular har kuni birgalikda suv olib kelishadigan yo’l bo’ylab yurishibdi.

Lekin, bu safar dehqon chelakka yo’l atrofida o’sib chiqqan o’tlar va gullarni ko’rsatibdi. Bu ko’kalamzorning o’sib chiqishiga chelak sababchi ekanligini aytibdi.

Agarda chelak suv oqizmaganida edi, bunday go’zal ko’kalamzor paydo bo’lmasdi. Shunda chelak tushunibdi-ki, o’zining kamchiliklariga qaramasdan u yon-atrofidagilarning o’sishiga yordam beribdi, garchi bundan o’zi habardor bo’lmagan bo’lsa ham.

메타데이터
- post_id
- 4daef2a359ee
- slug
- teshik-chelak-4daef2a359ee
- url
- https://medium.com/@dfarkhod/teshik-chelak-4daef2a359ee
- canonical_url
- https://medium.com/@dfarkhod/teshik-chelak-4daef2a359ee
- author_url
- https://medium.com/@dfarkhod
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-26 13:35:02