← Back to list

IP addresslar haqida bilib olamiz .

Assalamu Alaykum bugun IP addresslar haqida gaplashamiz .IP versiyalari IPv4 va IPv6 qanday tuzilganini bilib olamiz.

Habibov Ulug'bek · 2026-01-30 13:05 · 103 claps · 3.0 min read
#ip-address #network #uzbek #routing #programming
Open on Medium ↗
Wiki topics: 💻 · Programming

IP addresslar haqida bilib olamiz .

Assalamu Alaykum bugun IP addresslar haqida gaplashamiz .IP versiyalari IPv4 va IPv6 qanday tuzilganini bilib olamiz.

IP address nima ?

Ip address — bu tarmoqda har bir qurilmani aniqlab olish uchun ishlatiladigan identifikatsion raqam va u qurilmalarni bir biri bilan ma`lumot almashishi ga yordam beradi .

IP address strukturasi

IP address bu shunchaki ixtiyoriy raqamlar emas u aniq strukturaga ega , u 2 qismdan iborat :

  • Network ID: Addressning bu qismi qurilma qaysi qismdagi tarmoqqa tegishliligini aniqlashga yordam beradi . Mahalliy tarmoqdagi hamma qurilmalarda bir xil netwrok ID bo`ladi
  • Host ID: Addressning bu qismi qurilmani tarmoq ichidan aniqlashga yordam beradi.

Odatiy IPv4 addressda 192.168.1.25 va odatiy subnet mask bilan quyidagicha boladi192.168.1bu Network ID va25esa Host ID boladi

Routerlar asosan Network IDga qaraydi , ular hamma IP addresslarni bilishi shart emas va bu ID orqali packet borishi kerak bolgan manzilga yaqinroqdagi routerga jonatishadi.

Ip addresslarni 2 ta versiyasi mavjud :

  • IPv4
  • IPv6

IPv4

Bu eng kop ishlatiladigan Ip address va 32 bitdan iborat 4 qismdan iborat har bir qismoctetdeb ataladi . Misol123.23.43.2` . Bu bizga umumiy 4.3 billion addresslarni beradi (Dunyodagi qurilmalarga bu yetmaydi hozirda) .

IPv6: Yangi standart

Address yetishmovchiligi muammosi bo`lganligi uchun IPv6 ishlab chiqilgan.

U 128 bitdan iborat va 2¹²⁸ yoki 340 undecillion (raqamni bilmayman) ajralib turadigan addresslar yaratish mumkin. Bu Yerdagi har bir atomga IP address biriktirilganda ham ortib qoladi. Buning kopligidan bizga private tarmoq kerak bolmaydi.

Format

U 8 guruhdan iborat 16 sanoq sistemasida yoziladi , har bir guruh ikki nuqta bilan ajratiladi (2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334 ) . 0lar bir necha usullar bilan olib tashlash mumkin (bunda 2 ta asosiy qoida bor) :

  • Porstiya boshidagi 0larni bemalol ochirib tashlasha boladi. (2001:0db8:0000:0000:0000:ff00:0042:8329 => 2001:db8:0:0:0:ff00:42:8329)
  • Agarda 2 ta yoki bir nechat ketma-ket 0 dan iborat porsiyalar bolsa::bilan eng uzunini almashtirsa boladi (Faqat bir marta mumkin). (2001:db8:0:0:0:ff00:42:8329 => 2001:db8::ff00:42:8329)

IPv6 shuncaki katta emas , u yaxshiroq va bir nechta yaxshilanishlarni o`z ichiga oladi :

  • Stateless Address Autoconfiguration (SLAAC). Qurilma o`z IP addressini generatsiya qila oladi DHCP serverlarsiz.
  • NAT kerak emas. Juda kop addresslar **Network address Translation** (NAT) zaruriyatni yoqotadi.
  • Xavfsizlik. IPv6 da xavfsiz kommunikatisiya talab qilinadi
  • Yaxshi routing. Kichkinalashgan va osonlashga packet headerlar routerlar tomonidan tezroq process qilinadi.

NAT haqida maqola to`liqroq bilib olish uchun .

Static va Dynamic IP Addresslar

IP addresslar 2 xil uslubda berilishi mumkin:

  • Static IP: statik IP address qolsa togrilangan boladi va ozgarmaydi. Bu serverlar , printer yoki shunga oxshash qurilmalar bir xil addresslar orqali ularga ulanish uchun qilinadi. Ular ishonchli boladi ammo qolda boshqarilishi kerak.
  • Dynamic IP: bu dinamic IP addresslar DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) serverlar tomonidan avtomatik beriladi. Juda kop kompyuter va telefonlar shu ipni olishadi. Bu address sizga malum muddatga beriladi va undan keyingi boglanishda ozgaradi. Bu juda ko`p qurilmalarni boshqarishda yordam beradi.

4 turdagi IP addresslar

4 turdagi IP addresslar

Subnetting

Bundan tashqari bizda IPv4 da subnet mask ham mavjud bu bitta IP dan bir nechta device birdaniga foydalanishiga yordam beradi va mahalliy tarmoqni ulaydi . Bizda a.b.c.d/x tarmoq bolsa x bu yerdanetworkuchun ketgan bitlar sonini biladiradi192.168.254.0/24bolsa boshidagi 3ta raqam netqrok qismi va qolgani hostlar uchun ishlatilsa boladi. Biz buni subnet(subnet mask) deb ataymiz . Bu routerga qurilma ozining subnetdami yoki tashqaridami bilib olishga yordam beradi agar tashqarida bolsa sorov default gatewayga yo`naltiriladi.

Masalan sizda server va databaza alohida subnetlarda bolsa ortada router bu sorovlar togri yetiborishini taminlaydi ammo sorovlar sooni kopaygan payt sekinlashadi va databaza sorovlar sekinlashishi mumkin.

Subnet bizga o`zimizni private tarmoq yaratishga yordam beradi va faqat bir IP orqali public tarmoqga chiqa oladi.

Loopback va Maxsus Addresslar

Public va private IP addresslardan boshqa maxsus sabablar uchun ishlatiladigan IP addresslar ham mavjud:

  • Loopback Address: 127.0.0.1 (IPv4) va ::1 (IPv6). Bu localhost nomi bilan ham tanilgan va shu qurilmani o`zini bildiradi. Bu dasturlarni test qilish uchun foydalaniladi.
  • Broadcast Address: Bu address subnetdagi barcha qurilmalarga xabar yuborish uchun ishlatilinadi. (192.168.1.255 )
  • Link-local Address: 169.254.0.0/16 oraliq. Agarda qurilma DHCP uchun moljallangan ammo DHCP server topolmasa mahalliy tarmoq bilan aloqa qilish uchun shu oraliqda oziga IP oladi .
  • Multicast Addresses: Bir qism addresslar one-to-many uslubida ishlatish uchun , bir packet bir necha qurilmaga birdaniga yuboriladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bolsak biz har doim IP addresslarni ishlatamiz , serverda, telefon foydalanuvchilarni ajratib olishda va bu odatda IPv4 boladi chunki hali IPv6 uchun hamma routerlar tayyor emas.

Agarda maqola yoqqan bolsa chapak chaling (kop chalsayam boladi 50 tagacha). Obuna bolishni unutmang ;)

Xato va kamchiliklar uchun uzr !!!

linkedin.com => Ulug’bek Habibov | LinkedIn

Resurslar jamlangan Repo => https://github.com/HabibovUlugbek/Ozbekcha-resurslar

telegram channel => @habibov_ulugbek


메타데이터
post_id
63296c8dbbd7
slug
ip-addresslar-haqida-bilib-olamiz-63296c8dbbd7
url
https://medium.com/@habibovulugbek/ip-addresslar-haqida-bilib-olamiz-63296c8dbbd7
canonical_url
https://medium.com/@habibovulugbek/ip-addresslar-haqida-bilib-olamiz-63296c8dbbd7
author_url
https://medium.com/@habibovulugbek
status
ok
fetched_at
2026-07-13 06:23:13