Ona duosi bilan uzilgan zanjirlar
Abd ar-Rahmon b. Ahmad aytdi, “Otamdan eshitdim-ki bir ayol Taqi b. Maxladga kelib aytdi, ‘Bizantiyaiklar mening o’g’limni asirga olishdi…
Ona duosi bilan uzilgan zanjirlar
Abd ar-Rahmon b. Ahmad aytdi, “Otamdan eshitdim-ki bir ayol Taqi b. Maxladga kelib aytdi, ‘Vizantiyaiklar o’g’limni asir qilishdi. Mening uyimdan boshqa hech narsam yo’q, uni sota olmayman. O’g’lim evaziga to’lov qilib bera oladigan insonga ro’baro’ qilib qo’yganingizda edi, chunki tun bilan kunni farqlay olmay qoldim; Ko’zlarimdan uyqu qochgan.’ Shayx javob berdi, ‘Yaxshi. Ketaver. Men bu masala bilan shug’ullangunimcha, Xudo hohlasa.’ Shundan so’ng shayx boshini egib, lablarini qimirlatdi. Bir necha kun kutdik. Keyin o’sha ayol o’g’li bilan keldi va shayxga, ‘O’g’lim sog’-salomat qaytib keldi; uning sizga aytadigan gapi bor.’ dedi. Shunda bola, ‘Men va bir guruh asirlar Vizantiyalik shahzoda qo’li ostida edim. Shahzoda bizni har kuni majburlab ishlatadigan bir odamga topshirib qo’ygandi. U odam bizni ishlashga cho’lga olib borar, va qaytishda zanjirband qilib qaytarib olib kelardi.

Bir kuni quyosh botganidan so’ng ishdan qaytayotgan edik. Birdan oyoqlarimga taqilgan zanjirlar uzulib, yerga tushdi.’ Bola bu voqea bo’lgan kunini va vaqtini aytganida bu voqea ayol shayxning oldiga kelib, duo qilgan vaqtida ro’y berganligi ma’lum bo’ldi. Bola davom etdi, ‘Qo’riqchi meni bir urib, “Zanjirni sindirding!” deya baqirdi. Men esa, “Yo’q, zanjir o’zi oyoqlarimdan tushib ketdi!” deb aytdim. Soqchi xayron bo’lib qoldi. U boshqa soqchilarni chaqirib temirchini olib kelishni buyurdi. Ular meni yana zanjirband etishdi. Lekin bir-ikki qadam tashlashim bilan zanjir yana oyoqlarimdan tushib ketdi. Ular hayratda qolishdi va darxol o’zlarining ruxoniylarini chaqirishdi. Ruxoniylar mendan so’rashdi, “Onang bormi?” Men “Ha” dedim. Ular aytishdi, “Onangning duosi qabul bo’libdi. Xudoning O’zi seni ozod qildi. Biz endi seni zanjirband qila olmaymiz.” Keyin ular menga yegulik va safarim uchun kerakli naraslar berib, soqchilari meni Musulmonlar yerlarigacha kuzatib qo’yishdi.’”

“Prinsiples of Sufism, Al-Qushayri” kitobidan O’zbek tiliga tarjima qilindi.
메타데이터
- post_id
- 75e4563fcae1
- slug
- ona-duosi-bilan-uzilgan-zanjirlar-75e4563fcae1
- url
- https://medium.com/@dfarkhod/ona-duosi-bilan-uzilgan-zanjirlar-75e4563fcae1
- canonical_url
- https://medium.com/@dfarkhod/ona-duosi-bilan-uzilgan-zanjirlar-75e4563fcae1
- author_url
- https://medium.com/@dfarkhod
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-06-12 18:14:10