← Back to list

Yaxhsilikka…

Qadim o’tgan zamonda bir podshoh bo’lgan ekan. Podshohning har qanday holatda ham “yaxshilikka” deb aytadigan sodiq hizmatkori bo’lgan…

Farkhod Dadajanov · 2024-07-07 12:29 · 16 claps · 1.1 min read
#podshoh #hizmatkor #barmoq #yaxshi #niyat
Open on Medium ↗

Yaxhsilikka…

Qadim o’tgan zamonda bir podshoh bo’lgan ekan. Podshohning har qanday holatda ham “yaxshilikka” deb aytadigan sodiq hizmatkori bo’lgan ekan. Bir kuni, podshoh bilan hizmatkori ovga chiqishibdi.

Ov vaqtida falokat ro’y berib podshoh bir barmog’ini yo’qotibdi. Podshohning bundan jahli chiqib turganinga qaramay, uning hizmatkori “yaxshilikka” deb aytibdi. Podshohning shunchalik achchig’i chiqibdiki, u hizmatkorini darhol zindonband qilishga buyruq beribdi. Shunda ham uning hizmatkori “yaxshilikka” debdi.

Keyingi hafta podshoh ovga hizmatorisiz yolg’iz o’zi ketibdi-yu ohir-oqibat o’rmonda adashib qolibdi. O’rmonda odamx’orlar podshohni tutib olishibdi va uni o’z hudolariga qurbonlik qilishga qaror qilishibdi. Shu vaqt, podshohning bir barmog’i yo’q ekanligini ko’rib, bunday odam qurbonlikka noloyiq deb hisoblashibdi va podshohni qo’yib yuborishibdi. Podshoh shunda o’z barmog’ining yo’qotilishi haqqattan ham yaxshilik bo’lganini tushunibdi, chunki shu bilan u bir o’limdan qutilib qoldi.

Podshoh saroyiga qaytgach o’z sodiq hizmatkorini chaqirtiribdi va nima sababdan uni zindonga tashlashganida ham “yaxshilikka” deb aytganini so’rabdi.

Hizmatkor hotirjamlik bilan, “Janobiy oliylari, agar men bu hafta ovga siz bilan birga borganimda edi, odamxo’rlar meni qurbon qilishgan bo’lar edi” deb javob beribdi.

Qissadan hissa — har bir ishni “yaxshilikka” yo’yishga odatlanaylik, hatto buning mohiyatini hozirda anglamayotgan bo’lsak ham. Alloh bizga yomonlikni ravo ko’rmaydi — hatto vaziyat shunday tuyulayotgan bo’lsa ham!


메타데이터
post_id
84ea95a9f664
slug
yaxhsilikka-84ea95a9f664
url
https://medium.com/@dfarkhod/yaxhsilikka-84ea95a9f664
canonical_url
https://medium.com/@dfarkhod/yaxhsilikka-84ea95a9f664
author_url
https://medium.com/@dfarkhod
status
ok
fetched_at
2026-06-27 18:20:27