HTML asoslari: Meta teglari, Block va Inline elementlar
Tag turlari: Inline va Block taglar nima?
HTML asoslari: Meta teglari, Block va Inline elementlar
Tag turlari: Inline va Block taglar nima?
Block elementlar sahifada har doim yangi qatordan boshlanadi va odatda butun qator kengligini egallaydi. Ular sahifa tuzilmasini shakllantirishda ishlatiladi. Masalan, div, p, h1–h6 kabi teglari block elementlarga kiradi.

Inline elementlar esa yangi qatordan boshlanmaydi va faqat o‘z kontenti hajmicha joy egallaydi. Ular matn ichida ishlatiladi va sahifa oqimini buzmaydi. Masalan, span, a, strong kabi teglari inline elementlardir.
Block va inline elementlar farqini tushunish sahifa layout’ini to‘g‘ri qurishda muhim hisoblanadi.
Meta teglari nimalar qila oladi?
Meta teglari asosan sahifa haqida qo‘shimcha ma’lumot berish uchun ishlatiladi. Ular sahifaning head qismida joylashadi va foydalanuvchiga ko‘rinmaydi. Meta teglari yordamida sahifa haqida brauzerlar va qidiruv tizimlariga ma’lumot beriladi hamda SEO optimizatsiya amalga oshiriladi.
Eng ko‘p ishlatiladigan meta teglardan biri description hisoblanadi. U sahifa mazmunini qisqa va aniq tarzda ifodalaydi. Odatda description 120–160 belgi oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi.
<meta name=”description” content=”Bu sahifa sahifa haqida qisqa va aniq ma’lumot beradi”>
Yana muhim meta teglardan biri viewport bo‘lib, u sahifaning mobil qurilmalarda to‘g‘ri ko‘rinishini ta’minlaydi.
<meta name=”viewport” content=”width=device-width, initial-scale=1.0">
Viewport meta tegi sahifaning ekran kengligiga moslashishini, boshlang‘ich masshtabini va responsive dizaynni ta’minlaydi.
메타데이터
- post_id
- 8addb2ae0f8e
- slug
- html-asoslari-meta-teglari-block-va-inline-elementlar-8addb2ae0f8e
- url
- https://medium.com/@RuzmatOga/html-asoslari-meta-teglari-block-va-inline-elementlar-8addb2ae0f8e
- canonical_url
- https://medium.com/@RuzmatOga/html-asoslari-meta-teglari-block-va-inline-elementlar-8addb2ae0f8e
- author_url
- https://medium.com/@RuzmatOga
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-13 22:58:47