Nega o’zbek elitasi o’zbek tilida gapirmaydi?
Avvalambor, aytib o’tish joyizki asrlar davomida yurtimiz ziyolilari ko’p tilli bo’lib kelishgan. O’rta asrlardan to ruslar istilosigacha…
Nega o’zbek elitasi o’zbek tilida gapirmaydi?
Avvalambor, aytib o’tish joyizki asrlar davomida yurtimiz ziyolilari ko’p tilli bo’lib kelishgan. O’rta asrlardan to ruslar istilosigacha zodagonlar, ilm-fan kishilari uchun arabiy, forsiy va turkiy tillarni bilish oddiy hol hisoblangan. Ruslar bosqini, keyinchalik bolsheviklarni hokimiyatiga kelishi o’sha vaqtdagi qudratda turgan xon o’rdasidan tordib madrasa mullasigacha bo’lgan ziyolilarni sidirib tashladi. “Hokimiyat ommaga!” shiori ostida hokimiyat sovetlarga sodiq bo’lganlar va chekka joylarda dehqon-xunarmandlar qo’liga o’tdi. Natijada, forsiy va keyinchalik din ta’ziyqqa olingandan keyin arabiy ham mavqeini yo’qotdi. Lekin shunda ham o’zbek turkiysi asosiy til bo’lib qolmadi. Davlat ishlarini yuritish va aksar joylarda o’qitish rus tilida olib borilgani uchun yangi shakillangan elitar qatlam uchun asosiy til rus tiliga aylandi. Hozirgi, O’zbekiston boshqaruv tizimidagilarni ko’pchiligi aynan shu sovet muhitida kamol topgan bo’lib shuning uchun mustaqilligimizga 35 yil to’lish arafasida bo’lsa ham rus tilini ta’siri saqlanib kelmoqda.
Demak, yaqin kelajakda avlodlar almashinuvi bo’lib o’zbek tili asosiy tilga aylanarkan-da?
Sovet mavkurasi bilan mansabga minganlarni farzadlari ham aynan rus tilida muloqot qiladigan muhitda katta bo’lishgan va hozirda ularni hokimiyatga kelayotganini ko’ryapmiz. Farqi, ular endi nafaqat rus tili, balki ingliz tilini ham bilishadi. Behzod Xoshimov aytganidek keyinchalik rus tilini o’rnini ingliz tili bossa ajab emas.
Nega Rossiya va Turkiyada elitar qatlam ona tilida gapiradi?
Rossiyada ham bir vaqtlar fransuz tili zodagonlarni muloqot qiladigan asosiy til hisoblangan. Lekin, bolsheviklarni sinfiy urushi oqibatida ularni ko’pchili qochib, qolganlari otilib ketdi. U yerda ham hokimiyat xunarmand-dehqon qo’liga o’tishi bilan rus tili ham tom manoda ham boshqaruv ham boshqaruvchilar tiliga aylandi.
Usmoniylar davridan beri juda ko’p fors va arabiy so’zlar bilan bo’lsa ham turk tili davlat tili mavqe’ini saqlab kelgan. Mustafo Kamol Otaturk davriga kelib turk tili katta tozalash davrini boshdan kechirdi.
PS. Yuqorigilar mening shaxsiy kuzatishlarim va fikrlarim bo’lib iqtisodchi Behzod Hoshimovning intervyusiga izoh sifatida yozildi
메타데이터
- post_id
- a331f59c240f
- slug
- nega-ozbek-elitasi-o-zbek-tilida-gapirmaydi-a331f59c240f
- url
- https://medium.com/@solihsecondary/nega-ozbek-elitasi-o-zbek-tilida-gapirmaydi-a331f59c240f
- canonical_url
- https://medium.com/@solihsecondary/nega-ozbek-elitasi-o-zbek-tilida-gapirmaydi-a331f59c240f
- author_url
- https://medium.com/@solihsecondary
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-11 04:18:25