Bir odam tush ko’ribdi.
Tushingda ko’rgan arslon u seni o’liming. U har doim sen qayerga borsang ham seni ketingan quvib yuradi. Oq va qora kalmushlar kun va tun…

Bir odam tush ko’ribdi. Tushida uni katta arslon quvayotgan ekan. So’ng u odam daraxtga chiqib balanddagi shoxga o’rnashib olibdi. Pastga qarasa, arslon hali ham uni kutib yotgan ekan. Shunda odam o’zi o’tirgan shoxni boshiga qaradi. U yerda ikkita kalamush u o’tirgan shoxni kemirishayotganini ko’rdi. Kalamushlarning biri qora, ikkinchisi oq rang edi. Bu ketishda shox tez orada qulashi aniq edi. Keyin u odam qo’rqinch bilan yana pastga qaradi va u yerda aynan u qulab tushadigan joyda katta qora ilon og’zini ochib, u odamga qarab turganini ko’rdi. Odam osilib olishga u bu narsa bormikin deya atrofiga qaradi. Yonida asal ari uyasi turgan shoxni ko’rdi. Undan asal tomchilari oqib turardi. Odam asaldan tatib ko’rmoqchi bo’ldi va qo’lini cho’zib, asaldan yeb ko’rdi. Asal juda mazali ekan. U odam yana bir tomchi tatib ko’rdi. Shunda u tomchi ketidan tomchini yeyaverib, asalni shirinligiga berilib, shoxni g’ajiyatgan kalamushlar, arslon va qora ilon haqida unutib qo’ydi. Birdaniga shox singan vaqtda uni kutib turgan barcha xatarlari esiga tushdi va tushidan uyg’onib ketdi. Shundan so’ng u odam ko’rgan tushini ta’birchiga aytib beribdi. Ta’birchi shunday debdi.
Tushingda ko’rgan arslon u seni o’liming. U har doim sen qayerga borsang ham seni ketingan quvib yuradi. Oq va qora kalmushlar kun va tun. Qorasi — tun, oqi — kun. Ular shoxni kemirishganida tushgan xar bir daraxtning bo’lagi, bu seni o’tgan vaqting. Ular shoxni g’ajigani sayin seni o’liming yaqinlashadi. Katta og’izli qora ilon esa seni qabring. U seni unga kelib tushishingni kutib turadi. Asal ari uyasi esa bu dunyo va undan oqib turgan tomchilari dunyo lazzatlaridir. Biz o’sha lazzatlardan bir donasini bo’lsa ham tatib ko’rgimiz keladi. Keyin hohishimiz ortib boradi. Bu orada esa biz umrimiz, o’lim va boradigan qabrimiz haqida unutib qo’yamiz.”
Allohni o’zi bizni uyqudan uyg’onishimizni nasib etsin va bizni kech bo’lishidan avval saqlab qolsin.
메타데이터
- post_id
- ae439eb39b60
- slug
- bir-odam-tush-koribdi-ae439eb39b60
- url
- https://medium.com/@dfarkhod/bir-odam-tush-koribdi-ae439eb39b60
- canonical_url
- https://medium.com/@dfarkhod/bir-odam-tush-koribdi-ae439eb39b60
- author_url
- https://medium.com/@dfarkhod
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-28 01:54:09