Dasturlash haqidagi achchiq haqiqat
Agar avval dasturlashning biror yo’nalishida shug’ullangan bo’lsangiz, xoynaxoy, u tufayli toqatingiz toq bo’lib, fikrlaringiz chalg’igan…
Dasturlash haqidagi achchiq haqiqat

Photo: Dimi Katsavaris
Agar avval dasturlashning biror yo’nalishida shug’ullangan bo’lsangiz, xoynaxoy, u tufayli toqatingiz toq bo’lib, fikrlaringiz chalg’igan va ba’zida, hattoki, tushkunlik holatiga tushgan bo’lsangiz kerak. Yodingizdami? Ishni endi boshlaganingizda, motivatsiyaga to’la edingiz. U yordamida ulkan imperiya qurayotgan va yozgan dasturlari bilan millionlab insonlar hayotini o’zgartirayotgan insonlarga guvoh edingiz. Ammo, ularning mag’lubiyatlari, yo’llarda qoqilib, qiyinchiliklarni boshdan kechirgan damlari haqidagi o’tmish hikoyalari sizga mutlaqo qorong’i edi.
Haqiqat shundaki, dastur yozishni yoki biror narsa yaratishni boshlashimiz bilan, ular chippaka chiqadi, loyihalar barbod bo’ladi va eng yomoni, bizneslar kasodga uchraydi, ishsizlik ortadi, vaqtingiz besamar ketganini his qilasiz. Kundan-kunga muvaffaqiyatsizlik ortidan muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.
Siz shu choqqacha dasturlash ular kabi ‘omadli’ insonlarga faqat g’oliblik olib kelganiga ishongansiz. Muvaffaqiyatgacha bo’lgan yo’l haqida esa hech kim so’z ochmaydi. Dasturlash mashaqqatli kasb va Siz ham qachondir yengilasiz.
O’z qobilyatlaringizga shubha bilan qaray boshlaysiz. O’zingizga yetarli darajada aqilli, omadli, iste’dodli emas ekanman, deysiz. Eng achinarlisi, atrofdagi insonlar ham kompyuter qarshisida o’tirish sizga bop ish emasligini, dasturchi bo’lmaganingiz ma’qulligini aytishadi. Taqdiringizga dasturchi bo’lish yozilmagandir…
Bilasizmi, nima? Menimcha, ayrim insonlarga dasturchi bo’lish nasib qilmaydi. Vaqtingizni shunchaki bekorga sarflayotgan bo’lishingiz mumkin. So’zlarim sizga yoqmayaptimi, tanqid qilmoqchimiz?
Unda yaxshi. So’zlarimga quloq solmang! Agar o’sha ‘isyonkor’ siz bo’lsangiz, unda biroz qaysar ekansiz. Siz aslo ortga chekinmaysiz, sizga baribir emas. Demak, har doim omadingiz chopmaydi, biroq yana o’rningizdan turib, yanada kuchliroq insonga aylanasiz.
Qandaydir imkonsiz ishni amalga oshira olaman deb o’ylayapsizmi? Unda yetarlicha ‘ahmoq’ ekansiz!..Ammo birdan hammasi o’zgaradi, texnologiya olamidagi chegaralarni yengib o’tasiz, innovatsiyalardan o’zasiz va yanada yuqori marralarni zabt etasiz.
Odamlar sizga qo’lingdan kelmaydi deyishsa, Siz olg’a borasiz…Odamlar vaqtingni behuda sarflayapsan deyishsa, ish joyingizga qaytib borib, keyingi safar ikki barobar qattiqroq ishlaysiz va ularning nohaq ekanligini isbotlaysiz. Odamlar sizni ‘ahmoq’ deyishsa, siz uni maqtov sifatida qabul qilasiz.
Agar bu holatlar sizga tanish bo’lsa, demak, Siz haqiqiy innovator ekansiz, IT sohasida, ko’proq ana shunday insonlarga muhtojmiz. Negaki, bu sohaga imkonsizlikka yuz burmay, undan imkoniyat yarata oladigan insonlar ko’proq kerak.
JavaScript kursini tamomlay olmayapsizmi yoki ulkan dengiz floti biznesiga qo’l urdingizmi, ular zarracha ahamiyatga ega emas.
Muhimi, maqsadingizga erishmaguncha to’xtab qolmang!
Mavzuga yaqin: Dasturchi Bo’lmang!
Muallif: Joma Tech Tarjimon: Aziza Pulatova
메타데이터
- post_id
- b065a3480e65
- slug
- dasturlash-haqidagi-achchiq-haqiqat-b065a3480e65
- url
- https://medium.com/@azizapulatova/dasturlash-haqidagi-achchiq-haqiqat-b065a3480e65
- canonical_url
- https://medium.com/@azizapulatova/dasturlash-haqidagi-achchiq-haqiqat-b065a3480e65
- author_url
- https://medium.com/@azizapulatova
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-19 17:05:15