← Back to list

Ichkarida yo’qotilganni tashqarida izlaymiz

9chi asrlarda yashagan Robiya ismli donishmand ayol ko’cha chirog’i ostida yo’qotgan kalitini izlayotgan bo’ladi. Uning qo’shnilari…

Farkhod Dadajanov · 2024-09-12 12:06 · 2 claps · 0.9 min read
#qalb #islom #robiya #izlash #tashqari
Open on Medium ↗

Ichkarida yo’qotilganni tashqarida izlaymiz

9chi asrlarda yashagan Robiya ismli donishmand ayol ko’cha chirog’i ostida yo’qotgan kalitini izlayotgan bo’ladi. Uning qo’shnilari kalitni izlashib yuborishadi ammo kalit topilmaydi. Oxiri qo’shnilardan biri izlashda e’tiborni aniq bir joyga qaratish maqsadida Robiyadan kalitni aynan qayerda yo’qotgan bo’lishi mumkinligi haqida so’raydi. “Aslida” dedi Robiya, “kalitimni uyim ichida yo’qotgandim.” Xayron qolgan qo’shnilar unday bo’lsa nima sababdan u kalitni uy ichida emas tashqarida izlab yurganligi haqida so’rashdi. “Chunki,” dedi u, uyimda chiroq yo’q, ammo bu yerda yorug’ chiroq bor!”

Qo’shnilar kulishdi. Shunda Robiya vaziyatdan foydalanib o’z fikrini bildirdi. “Do’stlar,” dedi u, “sizlar aqlli odamsiz, shuning uchun kulyapsiz. Ammo menga aythingchi: mamnunlik yoki hotirjamligingizni qandaydir bir noxushlik yoki sinov sababli yo’qotganingizda siz uni tashqarida yo’qotasizmi [qo’li bilan yon atrofni ko’rsatadi] yoki mana bu yerdami [qo’li bilan qalbiga ishora qiladi]?”

Biz muammolarimizning sababi sifatida tashqi omillarni ayblaymiz vaularga yuzaki yechimlar izlaymiz. Aslilda biz tinchlik va quvonchimizni ichimizda yo‘qotganmiz. Ularni topish uchun esa ichimizga ya’ni, yorug‘lik xira bo‘lgan joyga qarashdan qochamiz.

Maqola Spiritual Gems of Islam (Islomning ma’naviy durdonalari) kitobida keltirilgan hikoya asosida yozildi


메타데이터
post_id
b2c4254b2afb
slug
ichkarida-yoqotilganni-tashqarida-izlaymiz-b2c4254b2afb
url
https://medium.com/@dfarkhod/ichkarida-yoqotilganni-tashqarida-izlaymiz-b2c4254b2afb
canonical_url
https://medium.com/@dfarkhod/ichkarida-yoqotilganni-tashqarida-izlaymiz-b2c4254b2afb
author_url
https://medium.com/@dfarkhod
status
ok
fetched_at
2026-06-26 21:52:29