← Back to list

Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan

Musofirchilik odamga boriga shukr qilishni, yog’iga sabr qilishni, eng asosiysi rizq topishda qo’ldan kelgancha harakat qilib, natijasini…

Farkhod Dadajanov · 2023-09-23 04:44 · 6 claps · 1.3 min read
#musafir #minimalism #hayot #life #dunyo
Open on Medium ↗
Wiki topics: 🏠 · Home & Living

Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan

Musofirchilik odamga boriga shukr qilishni, yog’iga sabr qilishni, eng asosiysi rizq topishda qo’ldan kelgancha harakat qilib, natijasini Allohga tavakkal qilishni o’rgatadi.

Hayotimiz davomida ham musofirdek yashashimiz kerak aslida. Musofir bo’lgan odam musofirchilik vaqtinchalik ekanligini biladi. Shunga ko’ra vaziyatga qarab harakat qiladi. Masalan, siz bir o’lkada 1 yil davomida musofir bo’lib turishingizni bilsangiz, u yerdagi uyingizni kerak-keraksiz narsalar bilan to’ldirib tashlamaysiz. “1-yildan keyin bu narsalarni nima qilaman?“, “shuncha narsam bekorga isrof bo’lib qayerlarda qolib ketadi?” degan firklar sizni qiynaydi.

Natijada 1-yil hayotingiz uchun faqatgina eng zarur bo’lgan narsalarni olasiz. Idish tovoqdan boshlab, uy jihozlari-yu mashinagacha hamma narsada ko’p harajat qilmaslikka harakat qilasiz.

Bu holatni ayniqsa “hiking”ga chiqqan odam juda yaxshi biladi. Safarga otlanganinmizda yukimiz qanchalik yengil bo’lsa, yo’lda harakatlanishimiz shunchalik osonroq va tezroq bo’ladi. Safarga chiqqan odam o’zi bilan faqatgina eng zarur narsalarni ovoladi. Yukni ko’paytirmaydi.

Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda “minimalist lifestyle” hayot tarzi tobora ommaboplashib bormoqda. Uning sabablari, materializm, atrof-muhit muammolari va haddan ziyod raqamlashish yuki kabi zamonaviy muammolarni hal qilish qobiliyati bilan bog’liq. Minimalizm tobora murakkablashib borayotgan hayotimizda soddalik, yashashdan maqsad va farovonlik yo’lini taklif qiladi.


메타데이터
post_id
b5bd6f3f7dc2
slug
musofir-bolmaguncha-musulmon-bo-lmaysan-b5bd6f3f7dc2
url
https://medium.com/@dfarkhod/musofir-bolmaguncha-musulmon-bo-lmaysan-b5bd6f3f7dc2
canonical_url
https://medium.com/@dfarkhod/musofir-bolmaguncha-musulmon-bo-lmaysan-b5bd6f3f7dc2
author_url
https://medium.com/@dfarkhod
status
ok
fetched_at
2026-06-29 01:02:39