← Back to list

Blogerlar bilan qanday ishlash kerak?

Eslatma: Ushbu postda blogerlar bilan ishlashda qaysi metrikalarni o’lchash va qanaqa tartibda ishlasa samaraliroq bo’lishi haqida…

Jasurbek Tog'aymurodov · 2026-04-16 18:59 · 0 claps · 1.5 min read
#bloger #blogging #marketing #social-media #instagram
Open on Medium ↗
Wiki topics: ECO · Economy · General CNT · Content Marketing MKT · Marketing · General 🔒 · Cybersecurity 🎙️ · Creator Economy

Blogerlar bilan qanday ishlash kerak?

Eslatma: Ushbu postda blogerlar bilan ishlashda qaysi metrikalarni o’lchash va qanaqa tartibda ishlasa samaraliroq bo’lishi haqida gaplashamiz.

Oxirgi 1 yilda har xil blogerlar(Chumoli, Zakiylar, Badriddin Husniddinov, Abdukarim Mirzayev va h.k) bilan hamkorlik qilib ishladik.

Ammo ko’pchilik blogerlarda juda past samaradorlik qayd etildi. Xo’p nega bunday bo’ldi. Blogerlar bilan qanday ishlash kerak o’zi?

Sabab-1: Bloger bilan ishlashdan maqsadni aniqlamasdan ish boshlash. Agar shunchaki prosmotr, ya’ni ko’proq odamga tanilish bo’lsa bu vazifani target eng arzon summaga bajara oladi. Aniq maqsadingizni aniqlab olmasangiz yutqazishingiz aniq.

Sabab-2: Bloger bilan qisqa muddatli hamkorlik qilmang. Tasavvur qiling bloger bilan 1 ta videoga hamkorlik qildizva tugatdiz. Keyingi hafta u bloger sizning raqobatchingiz bilan hamkorlik qildi. Keyin yana boshqasi bilan. Xo’p siz u reklama qilgan postni targetga aylantirsangiz sizning obro’yingiz ham uniki bilan bir xil bo’ladi. Chunki bloger bu influancer. Ya’ni ortidan insonlarni ergashtiruvchi odam bo’lishi kerak.

Agar u bugun 1, ertaga xuddi shunga o’xshash boshqa bir productni reklama qilaversa unga hech kim ishonmaydi va odamlani ko’z oldida “pulini bersa istalgan ishni qiladigan” bolaga aylanib qoladi. To’g’ri bloger marketing va brend haqida tushunchasi kam bo’lishi mumkin ammo sizchi?

Sabab-3: Blogerni noto‘g‘ri tanlash. Ko‘pchilik faqat obunachilar soniga qarab qaror qiladi. 500k obunachisi bor bloger ko‘rinsa — “mana shu zo‘r” deb o‘ylaydi. Aslida esa muhim narsa bu auditoriya sifati va sizning mahsulotga mosligi.

Masalan, siz biznes yoki ta’lim mahsuloti sotsangiz, lekin vayner yoki krinj(milleniallar uchun tarjima — uyaladigan darajada yomon) kontent qiluvchilar bilan ishlasangiz — konversiya past bo‘lishi tabiiy. Chunki uning auditoriyasi sizniki emas.

Sabab-4: Kontentni blogerga to‘liq topshirib qo‘yish. Ko‘pchilik “bloger o‘zi biladi qanday reklama qilishni” deb o‘ylaydi. Bu xato.

Ha, bloger kontentni qanday yetkazishni yaxshi biladi(balki). Lekin:

  • Siz mahsulotni yaxshiroq bilasiz.
  • Sizning pozitsiyangiz bor
  • Sizning sotuv funnelingiz aniq. Agar siz brief bermasangiz, natija ham tasodifiy bo‘ladi.

Sabab-5: Metrikalarni o‘lchamaslik. Eng katta xato — natijani his bilan baholash. “Yaxshi chiqdi”, “zo‘r video bo‘ldi” — bu marketing emas.

O‘lchash kerak:

  • CPM (1000 ko‘rish narxi)
  • Konversiya (nechta odam xarid qildi) Agar sizda tracking bo‘lmasa (promo code, alohida link, UTM) — siz qaysi bloger ishlaganini ham bilmaysiz.

Xulosa: Blogerlar reklamasi — bu “reklama qo‘ydim, sotuv bo‘ldi” emas. Bu tizim.

Agar:

  • To‘g‘ri bloger tanlasangiz
  • U bilan uzoq muddat ishlasangiz
  • Kontentni boshqarsangiz
  • Va metrikani o‘lchasangiz

Shunda natija bo‘ladi.

Aks holda esa — bu shunchaki pul yo‘qotishning chiroyli usuli xolos =)

Telegramda ham Marketing haqida gaplashamiz..)


메타데이터
post_id
cf082cee07fd
slug
blogerlar-bilan-qanday-ishlash-kerak-cf082cee07fd
url
https://medium.com/@bozorshunos/blogerlar-bilan-qanday-ishlash-kerak-cf082cee07fd
canonical_url
https://medium.com/@bozorshunos/blogerlar-bilan-qanday-ishlash-kerak-cf082cee07fd
author_url
https://medium.com/@bozorshunos
status
ok
fetched_at
2026-07-11 05:04:50