← Back to list

Bepul wifi (hikoya)

Samarqand. Siyob bozor. Siyobdan Jomboy tumaniga olib ketadigan avto turargoh. Hozir oktyabr oyining 18 sanasi, soat 15:30. Bir qancha…

Dilmurod Holmurzayev · 2020-10-21 18:31 · 0 claps · 1.5 min read
#wifi #bepulwifi #xaker
Open on Medium ↗

Bepul WiFi (hikoya)

Samarqand. Siyob bozor. Siyobdan Jomboy tumaniga olib ketadigan avto turargoh. Hozir oktyabr oyining 18 sanasi, soat 15:30. Bir qancha yoshlar va kattalar o’z manziliga yetish uchun sariq gazelga minishdi. Gazelda kattakon qilib, (printerdan yaqinda chiqgan bo’lsa kerak) A4 formatidagi oppoq qog’ozga “bepul wifi” deb yozilib qo’yilgandi. Albatta, bepul wifi kimni qizitirmaydi? Lekin, undanda qizig’i O’zbekistonda innovatsion loyihalar ancha rivojlanib ketdimikan shu oddiy gazelda wifi bo’lsa? Yoki, haydovchi atayin marketing hiylasini ishlatdimikan? Bunisi, yo’llovchilarni qiziqtirmaydi, yo’lovchilar o’z megabaytlarni qizg’onib, mana shu bepul wifiga kirsa bo’lgani. Shunday ham bo’ldi.

10 minutdan so’ng…

  • Kechirasizlar… bu ovoz gazelning eng bosh o’rindig’ida o’tirgan bir yigitingi edi.
  • Kechirasizlar janoblar va honimlar. Meni bu qilig’im uchun hozir jazolashga haqqingiz bor. Aslida bu bepul wifi qopqon edi. Iltimos, instagram parolingizni tez fursatda almashtiring.

Yigit shunday derkan, haydovchi bir yigitga, bir yo’lga qarab qo’yar lekin hech narsaga tushunmasdi. Yigit shuni payqagandek so’zida davom etdi:

  • Haydovchi akamiz bundan behabar. Bu ishni haydovchi akaga bildirmasdan qildim. Gap bunday, aslida men sizlarni internetda qanchalik xavfsizlikni bilishingizni sinab ko’rdim. Afsuski, ko’plaringizni bundan xabaringiz yo’q.

Aslida voqea bunday bo’lgandi, haydovchi mashinadan tashqarida yo’llovchilarni birma-bir chaqirib turganda, yigit o’z rejasini mashina ichida amalga oshirayotgandi. Avvaliga, u qop-qora charm sumkasidan o’sha bepul wifi deb yozilgan oq qog’ozni chiqarib orqa taraga skochlab yopishtirib qo’ydi. So’ng, Lenovo rusumli noutbukidan wifi nuqta tarqatib fishing qopqon tayyorladi. Shu bepul wifiga ulangan kishi birinchi instagram avtorizatsiyadan o’tish kerak bo’ladi undan so’ng wifi ochiladi. Avtorizatsiya login va paroli esa noutbukdagi sirli dasturga borib xabar beradi. Ajab! Inson psixologiya juda murakkab bo’lgani bilan, uni sodda yolg’on bilan qopqonga tushirishni mumkinligini shu yigit isbotlab berayotgan bo’lsa? Yana dunyoda bundanda zo’rroq qanday yolg’onlar bor ekan? Inson zoti baribir sodda va ishonuvchan. Yolg’onlar esa millionga yaqin…

Bu ishdan ko’plar hayron bo’lgan bo’lsada, jahli chiqganlar ham bo’ldi. Chamasi 30 yoshdan oshgan, o’sha jahli chiqgan kishi:

  • G’alati bola ekansan. Bu narsalar o’zi senga nega kerak bo’lib qoldi?
  • Bu menga emas sizga kerak. Mana, hozir axborot asri. Siz yoshlikdan cho’chib kelgan firibgarlar, o’g’rilar endi realda hayotdan virtual hayotga o’tmoqda. Balki, kelajakda har bir qadamingizda mana shunday bepul wifilar bo’lar? Men faqat sizni ogohlantirayapman.
  • Yaxshi, endi sen bemalol, istagan vaqting bizni instagramimizga kira olasan, shundaymi?
  • Parolni almashtirsanigiz hech qachon!

Gap shu yerda uzildi, u kishi labini burib boshqa hech narsa demadi. Boshqalar esa bu yigitga hayron qarash qilib, hatto ikkitasi do’st tutinishni ham taklif qildi. Haydovchi esa yigitni boshiga bir yengil “qoyil qilding” deganday urib qo’ydi.


메타데이터
post_id
dde238e68e1f
slug
bepul-wifi-hikoya-dde238e68e1f
url
https://medium.com/@dilmurod-holmurzayev/bepul-wifi-hikoya-dde238e68e1f
canonical_url
https://medium.com/@dilmurod-holmurzayev/bepul-wifi-hikoya-dde238e68e1f
author_url
https://medium.com/@dilmurod-holmurzayev
status
ok
fetched_at
2026-07-28 18:25:08