UX tahlili: Axborotni kiritishning to‘g‘ri shakllari (input form)
Input formning aniq maqsadi bor — uni to‘ldirish kerak.

UX tahlili: Ma’lumot kiritishning to‘g‘ri shakllari (input form)
Input formning aniq maqsadi bor — uni to‘ldirish kerak.
Eslatma: Keyingi o‘rinlarda “maydon, kiritish maydoni, kiritish shakli” deganda “input formlar” nazarda tutiladi
Bo‘sh maydonning o‘zi foydalanuvchini harakatga undaydi, maydon uslubi esa qanday ma’lumotni kiritish kerakligini ko‘rsatadi.
Tushunarsiz dizayn harakatga xalaqit beradi

Kiritish maydoni aniq maqsadga ega (affordans — inglizcha affordance — o‘z-o‘zidan ravshanlik, predmetning aniq maqsadi). Aniq vizual ko‘rsatmasiz foydalanuvchi ma’lumotni qayerga kiritish kerakligini tushunmay qolishi va to‘ldirishda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Maydon kengligi qanday ma’lumotlarni kiritish kerakligini ko‘rsatadi

Kiritish maydonining o‘lchami odatda kiritilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar hajmiga mos keladi. Chapdagi misolda “Pochta indeksi” maydoni qisqa va oddiy indeksni kiritish kerakligi tushunarli holda turibdi (O‘zbekistonda bu 6 ta raqam). O‘ng tomondagi dizaynda maydon juda uzun va foydalanuvchi oddiy indeksni yoki kengaytirilgan indeksni (masalan, 100123–0007 yoki oddiygina 100007) kiritishni tushunmaydi.
Chap tomondagi dizayn O’zbekistondagi manzillar uchun yo‘naltirilgan. Indeks maydonining uzunligini ma’lum bir mamlakat uchun lokalizatsiya qilish kerak. Agar mamlakat oldindan noma’lum bo‘lsa, o‘ng tomondagi universal uzun hoshiyali dizaynni tanlagan ma’qul.
Tuzilma formatni belgilaydi

Kiritish maydonining tuzilishi ma’lumotni kiritish kerak bo‘lgan formatni belgilaydi. O‘ng tomondagi dizayn telefon raqamini qanday formatda kiritish kerakligini ko‘rsatadi va foydalanuvchiga buni to‘g‘ri bajarishga yordam beradi.
Yuqori o‘ngdagi misolda kiritish maydoni ba’zi elementlar bilan yoritiladi. Bu tafsilot maydonning maqsadini yana bir bor ta’kidlaydi va foydalanuvchiga uni qanday to‘ldirish kerakligini ko‘rsatadi. Foydalanuvchiga hamma narsa tushunarli bo‘lsa, xato qilish ehtimoli ancha past bo‘ladi.
Yana bir bor e’tibor bering, dizayn O‘zbekiston raqamlariga moslashtirilgan: maydonni ma’lum bir mamlakatga moslashtirish kerak. Agar mamlakat noma’lum bo‘lsa — chap tomondagi universal dizayn maqul.
Placeholder’dagi matn foydalanuvchini chalg‘itadi

Placeholder’dagi matn harakatga undovchi vizual signalni susaytiradi. Bundan tashqari, bunday maydon to‘ldirilganga o‘xshagani tufayli foydalanuvchini chalkashtiradi.
메타데이터
- post_id
- e45d9c2e0e18
- slug
- ux-tahlili-axborotni-kiritishning-to-g-ri-shakllari-input-form-e45d9c2e0e18
- url
- https://medium.com/@abboskhazratov11/ux-tahlili-axborotni-kiritishning-to-g-ri-shakllari-input-form-e45d9c2e0e18
- canonical_url
- https://medium.com/@abboskhazratov11/ux-tahlili-axborotni-kiritishning-to-g-ri-shakllari-input-form-e45d9c2e0e18
- author_url
- https://medium.com/@abboskhazratov11
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-15 06:19:17