Ayol hidi ayolni yoshartiradi, erkakni vazn tashlashga majburlaydi
Bir guruh tadqiqotchilar urg’ochi sichqonlar hidining erkak sichqonlar vazni va umriga ijobiy ta’sirini kuzatishdi. Ushbu topilmalar…
Ayol hidi ayolni yoshartiradi, erkakni vazn tashlashga majburlaydi

Parfyumer filmidan lavha
Bir guruh tadqiqotchilar urg’ochi sichqonlar hidining erkak sichqonlar vazni va umriga ijobiy ta’sirini kuzatishdi. Ushbu topilmalar insonlar uchun ham potentsial ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Hissiy signallar odamlar va hayvonlarda jinsiy gormonlar sekretsiyasiga ta’sir qilishi allaqachon isbotlangan.
Asosiy tadqiqodchi Dr. Michael Garratt: “Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatadiki, urg’ochi hidlar urg’ochi sichqonlarning jinsiy rivojlanishini sekinlashtiradi, va natijada ularning umrini uzaytiradi. Shuningdek, biz urg’ochi siqchonlar hidi erkak sichqonning energiya sarfini oshirishi mumkinligini aniqladik, bu esa keyinchalik ularning tana vazni va tana yog’i darajasiga ta’sir qiladi”, deydi u.
Yangi tug’ilgan qiz sichqonchalar 60 kunlik bo’lgunga qadar urg’ochilar bilan birga qo’yilgan va sichqonchalar doimiy urg’ochi sichqonlarni hidlashgan. Bu sichqonchalarda jinsiy yetilish kechikishiga olib kelgan va urg’ochi hidlardan uzoq tutilgan (negativ kontroldagi) sichqonlarga qaraganda 8 foizga uzoqroq yashashgan.
Erkak hidining urg’ochi yoki erkak sichqonlarga hech qanday ta’siri shu vaqtgacha kuzatilmadi.
Keyingi topilma esa, erkak sichqonlarga urg‘ochi hidlar bilan ta’sir qilinganda keyingi bir necha soat davomida energiya sarfini oshishidir. Ushbu ta’sirlar vazn yo’qotish uchun yetarli yoki erkaklar ortiqcha energiyaga ega bo’lgan dietada ularning juda semirib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
메타데이터
- post_id
- e58f313dcb5a
- slug
- ayol-hidi-ayol-yoshartiradi-erkakni-vazn-tashlashga-majburlaydi-e58f313dcb5a
- url
- https://medium.com/@sun2sun/ayol-hidi-ayol-yoshartiradi-erkakni-vazn-tashlashga-majburlaydi-e58f313dcb5a
- canonical_url
- https://medium.com/@sun2sun/ayol-hidi-ayol-yoshartiradi-erkakni-vazn-tashlashga-majburlaydi-e58f313dcb5a
- author_url
- https://medium.com/@sun2sun
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-06-29 01:02:39