← Back to list

Astrofiziklar o’ta yuqori energiyali neytrinolar manbasini aniqlashdilar

Sayyoramizni bir soniya ham tinmay har xil tomondan koinot nurlari zarb etib turashi XX asrning boshlaridan ma’lum. Ular o’ta yuqori…

Sherzod Mutalov · 2018-07-14 17:05 · 1 claps · 1.2 min read
#blazar #neytrino #koinot
Open on Medium ↗
Wiki topics: 🏀 · Basketball

Astrofiziklar o’ta yuqori energiyali neytrinolar manbasini aniqlashdilar

Sayyoramizni bir soniya ham tinmay har xil tomondan koinot nurlari zarb etib turashi XX asrning boshlaridan ma’lum. Ular o’ta yuqori energiyaga ega bo’lib, deyarli yorug’lik tezligida harakatlanuvchi atom yadrolari va elementar zarrachalardan iborat. Shu kungacha bunday nurlanishning asl manbasi hali aniqlanmagan edi. Kecha bo’lib o’tgan press-konferensiyada olimlar bu savolga javob berishdi — bu blazarlar!

IceCube observatoriyasi va muz ostidagi aniqlangan neytrino nurlanishi. IceCube kollaboratsiyasi

IceCube observatoriyasi va muz ostidagi aniqlangan neytrino nurlanishi. IceCube kollaboratsiyasi

Astronomlar bundan bir necha yil oldin IceCube observatoriyasi tomonidan qayd etilgan yuqori energiya kosmik neytrinolar manbasini aniqladilar. Gamma-diapazonda parallel olib borilgan kuzatuvlar, arxiv ma’lumotlarning analizi, energiyasi Katta Adron Kollayderida qo’llaniladigan protonlar energiyasidan yuz barobar yuqori bo’lgan zarrachalar Yerdan bir necha milliard yorug’lik yili uzoqligida joylashgan blazar tomonidan vujudga kelgan deb xulosaga chiqarishga yordam berdi.

IceCube observatoriyasi ma’lumotlariga ko’ra 170922A neytrino nurlanishining kechishining qayd etilishi. IceCube Collaboration et al./Science (12 Jul 2018)

IceCube observatoriyasi ma’lumotlariga ko’ra 170922A neytrino nurlanishining kechishining qayd etilishi. IceCube Collaboration et al./Science (12 Jul 2018)

Neytrino manbasi bo’lgan TXS 0506+056 blazarning “Fermi” va MAGIC teleskoplari tomonidan qayd etilgan kuzatuv ma’lumotlari. IceCube Collaboration et al./Science (12 Jul 2018)

Neytrino manbasi bo’lgan TXS 0506+056 blazarning “Fermi” va MAGIC teleskoplari tomonidan qayd etilgan kuzatuv ma’lumotlari. IceCube Collaboration et al./Science (12 Jul 2018)

[embed]Blazardan to Yergacha

Yer tomonidan qayd etilayotgan va blazardan kelayotgan neytrino oqimi va gamma-kvantlarning hosil bo’lish sxemasi.

Yer tomonidan qayd etilayotgan va blazardan kelayotgan neytrino oqimi va gamma-kvantlarning hosil bo’lish sxemasi.

Batafsil (ingliz tilida): https://icecube.wisc.edu/news/view/586

Batafsil (rus tilida): https://nplus1.ru/news/2018/07/12/blazar-is-source-of-high-energy-neutrinos


메타데이터
post_id
efa5abceb47d
slug
astrofiziklar-ota-yuqori-energiyali-neytrinolar-manbasini-aniqlashdilar-efa5abceb47d
url
https://medium.com/@lukretsiy/astrofiziklar-ota-yuqori-energiyali-neytrinolar-manbasini-aniqlashdilar-efa5abceb47d
canonical_url
https://medium.com/@lukretsiy/astrofiziklar-ota-yuqori-energiyali-neytrinolar-manbasini-aniqlashdilar-efa5abceb47d
author_url
https://medium.com/@lukretsiy
status
ok
fetched_at
2026-07-30 02:06:40