Ertak qahramonlaridan ruhlantiruvchi iqtiboslar
"Hayot bizga maqsad bermaydi. Aksincha, biz hayotga maqsad beramiz." — Flesh "Koinot"
Ertak qahramonlaridan ruhlantiruvchi iqtiboslar

"Hayot bizga maqsad bermaydi. Aksincha, biz hayotga maqsad beramiz." — Flesh "Koinot"
"Ayrim insonlar uchun erib ketsang arziydi." — Olaf "Muzyurak"
"Taqdirimiz ichimizda yashiringan, uni ko’rish uchun faqatgina jasoratli bo’lishimiz kerak." — Meride "Sheryurak"
"Hamisha vijdoning amriga quloq tut." — Ko’k farishta "Pinokkio"
"Bizda o’xshash jihatlar juda ko’p, bir tuproq, bir havo, bir falak. Ehtimol, har doim farqli tomonlarni izlash o’rniga o’xshash tomonlarni izlashni boshlasak…unda, yana kim biladi deysiz?" — Myos "Pokemon"
"Shokolod, muzqaymoqdan yaxshiroq biror narsa bilan do’st tutin…ehtimol, oxirgi shirinligingni o’zing yemay unga ilinadigan inson bilandir." — Shirinliklar mahluqi "Sesami ko’chasi"
"Aytishlaricha, yaxshi alanga lovillab yonadi — holat eng yoqimsiz tusga kirganda." — Sofi, "Hovlning o’zi yurar uyi"
"Ajabo, daraxtlar qanchalar chiroyli gullabdi-ya. Lekin, bu yoqqa qara, bunisi kechikibdi. U gullaganda eng chiroylisi bo’lishiga iymonim komil." — Fa Zou "Mulan"
"Mehr — ochiq eshikdir." — Anna "Muzyurak"
"Shunchaki suzishda davom et." — Dori "Nemoni izlab"
"Bu haqiqiy hayot. Haqiqiy hayotda esa hamisha yutavermaysan. " — Gerrald Jonasan "Ishlar qalay, Arnold."
"Ha, o’tmish qalbga og’riq berishi mumkin. Ammo, undan qochishing yoki aksincha, saboq olishing mumkin." — Rafiki "Qirol sher"
**"Kechagi kunga qayta olmayman — chunki kecha boshqa inson edim." — **Alisa "Alisa mo’jizalar malakatida."
"Hattoki mo’jizalar uchun ham ozroq vaqt kerak." — Farishta "Zolushka"
Tarjimon: Aziza Pulatova
메타데이터
- post_id
- f6c6f201004d
- slug
- ertak-qahramonlaridan-ruhlantiruvchi-iqtiboslar-f6c6f201004d
- url
- https://medium.com/@azizapulatova/ertak-qahramonlaridan-ruhlantiruvchi-iqtiboslar-f6c6f201004d
- canonical_url
- https://medium.com/@azizapulatova/ertak-qahramonlaridan-ruhlantiruvchi-iqtiboslar-f6c6f201004d
- author_url
- https://medium.com/@azizapulatova
- status
- ok
- fetched_at
- 2026-07-19 17:05:15